Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilmoqda.
Andijon shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Mudofaa vazirligi ishtirokida "XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON" shiori ostida vatanparvarlik tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida faxriy qorovul chiqishlari, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, maxsus bo'linmalar tomonidan turli jangovor chiqishlar o'quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.