Yoshlani vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ot sporti, kamondan otish, kinologiya san‘atiga qiziqishini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismlardan birida maktab o‘quvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi va qurol-yaroqlar bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘quvchi yoshlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.