“O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasining yuksak saviyada tashkil etilishi bo’yicha videoselektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11.Sen.2025

Davlatimiz rahbarining "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish сhоrа-tаdЬirlаri to'g'risida" 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-son qаrоri ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zbekiston otlari" ko'rgazmasini o'tkazishga tayyorgarlik kо'rish va uni учqоri darajada o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga muvofiq, sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda milliy madaniyat va an’analarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan, bugun, 10-sentyabr kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov raisligida, O’zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyev, O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi A.Rustambayev, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston  yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda respublika bo‘ylab Chavandozlar maktablari direktorlari, shuningdek sohaga oid mutasaddi rahbarlar ishtirokida videoselektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishni kirish so‘z bilan ochib bergan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan tarixiy meros sifatida e’tirof etilgan va xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotida alohida o‘rin egallagan Qorabayir zotli otlar milliy merosimizning ajralmas qismi hisoblanishi va ana shu boy merosni asrash, targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida joylashgan Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasining  yuksak saviyada tashkil etilishi bo’yicha barcha masalalar ko‘rib chiqilib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur ko‘rgazma mamlakatimizda ot yetishtirish, ot sporti, otboqar madaniyati va milliy merosni targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Unda O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan va bugungi kunda qayta tiklanayotgan Qorabayir, Lokay, Xorazm, Qo‘qon, shuningdek, Axalteke, arab, ingliz va boshqa nufuzli zotdagi otlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – milliy ot zoti va ot sporti merosimizni xalqaro miqyosda tanitish, yosh avlodni otlarga bo‘lgan mehr va e’tibor ruhida tarbiyalash, hamda O‘zbekistonning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishdan iboratligi, ko‘rgazma doirasida ulok-ko‘pkari, ot ustida kurash, ot ustida kamondan otish, ot poygasi, polo, tentpegging, hamda boshqa milliy ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilishi haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Ko‘rgazmaga xorijiy sayyohlar, va sport delegatsiyalarini keng jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali turizm oqimini oshirish va O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash ko‘zda tutildi.

Ushbu nufuzli “O’zbekiston otlari” ko‘rgazmasi nafaqat ot sporti va seleksiya nuqtai nazaridan muhim, balki milliy o‘zlikni anglash, an’anaviy bilimlarni asrash, va O‘zbekistonni ot yurti sifatida xalqaro miqyosda tanitish yo‘lida katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mazkur tashabbuslar nafaqat milliy merosimizni tiklash, balki uni zamonaviy sport maydonlariga olib chiqish, xalqaro miqyosda tanitish va yosh avlodni tarixiy ildizlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqin istiqbolda bu harakatlar natijasida mamlakatimizda ot sporti keng ommalashib, xalqaro musobaqalarda ham munosib natijalar ko‘rsatishga erishiladi, degan ishonch bildirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech