Namangan shahridagi "Yangi Oʻzbekiston yoshlar ziyo maskani" binosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni rahbariyati tomonidan Namangan viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari boshqarmasi masʼullari bilan hamkorlikda viloyat yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Unda Milliy gvardiya tizimidagi ta’lim muassasalari va bo’linmalari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan harbiy xizmatga borish va harbiy oliy ta’lim muassasalariga o’qishga topshirish bo’yicha bildirilgan savollarga javob berilib, yoshlarning murojaatlari tegishli ravishda ko’rib chiqiladigan bo’ldi. Shuningdek, ushbu maskanga yoshlarning sayohati tashkil etilib, ularga bu yerdagi yaratilgan sharoitlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Bo`lishmoq: