Jasorat maktabi o‘quvchi-yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” va uning doirasida mahorat darslari tashkil etildi

10.Sen.2025

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida gvardiyachilar, ularning oila a’zolari hamda Jasorat maktabi o‘quvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” keng ko‘lamda o‘tkazildi.

Tadbir davomida zamonaviy qurollar va harbiy texnika ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlar bu orqali harbiy sohada erishilayotgan yutuqlar, qudratli harbiy soha salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, gvardiyachilar tomonidan namoyish etilgan jangovar ko‘rgazmali chiqishlar barchada katta taassurot qoldirib, yosh avlodga jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirdi.

Tadbir Vatan himoyachilarining qudrati va matonatini ko‘rsatibgina qolmay, balki yoshlarni ilmga va Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilikka chorlaydigan hayotiy dars bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarning dam olish kunlarini mazmunli o’tkazish maqsadida harbiy qism hududida sportning kamondan otish turi bilan yaqindan tanishtirish ularda ushbu sportga bo'lgan qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida mahorat darsi o'tkazildi.

Tashkil etilgan mahorat darsi davomida ushbu sport turi haqida batafsil ma'lumot berilib, uning sir-asrorlari, mo'ljalga olib otish tartiblari xususida dastlabki tushunchalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech