“Kitobxonlik kuni” doirasida Universitet 1-bosqich kursantlari o‘rtasida viktorina o‘tkazildi

11.Sen.2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2024-yil 26-dekabrdagi 1-sonli direktivasi talablari ijrosiga asosan Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari o‘rtasida sevimli adib Bahtiyor Abdug'afurning – “Sulton Jaloliddin Manguberdi” asari yuzasidan 1-bosqich kursantlari bilan viktorina o‘tkazildi.

Ushbu viktorinada kursantlar asar yuzasidan ulug‘ sarkarda Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti hamda bizga qoldirgan shonli tarixi haqida savol-javoblar asosida bilimlar bellashuviga aylandi. Yakunda yuqori natijaga erishgan kursantlar "Sulton Jaloliddin Manguberdi" kitobi bilan taqdirlandilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech