Gvardiyachi ayollar bilan ma’rifiy suhbat o'tkazildi

08.Sen.2025
Samarqand shahridagi A.S.Pushkin nomidagi kutubxonada gvardiyachi ayollar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Falsafa fanlari doktori, professor Shermuhammedova Jamila Toshpoʻlatovna mehmon sifatida ishtirok etdi. U oʻz maʼruzasida yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shuningdek, ayollarning jamiyatdagi faol oʻrni masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Mazkur uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, maʼnaviy yuksalish va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qildi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech