Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda yurtga muhabbatni mustahkamlash maqsadida, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Guliston shahrida joylashgan “Buyuk Turon” harbiy maktabi hamda maktab o‘quvchi-yoshlari uchun “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxridir!” shiori ostida tashkil etildi.
Tashrif buyurgan yoshlar Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Gvardiyachilar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli harbiy islohotlar, mamlakatimizda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk yosh avlodni tarbiyalash borasidagi sayi-harakatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga qurol-aslaha va texnikalar ko’rgazmalari taqdim etilib, kamondan o’q otish bo’yicha ham o’zlarini sinovdan o’tkazdilar.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular milliy armiyada xizmat qilish sharafli vazifa ekanligini chuqur angladi.
Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlar o‘rtasida Milliy gvardiyaning ijtimoiy ahamiyati va harbiy xizmatning sharafli jihatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qilib, ularning Vatan himoyasiga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini oshirishda muhim omil bo‘ldi.
Bo`lishmoq: