Milliy gvardiya Andijon viloyat boshqarmasiga qarashli harbiy qismda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar gvardiyachilarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishib, zamonaviy qurol-aslahalar, maxsus texnik vositalar hamda jangovar tayyorgarlik jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalanishi, harbiy soha bo‘yicha qiziqish va intilishlarini oshirishga xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: