Prezident maktabida gvardiyachilar bilan davra suhbati o‘tkazildi

06.Sen.2025

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shior ostida gvardiyachilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari Vatan himoyachilari faoliyati, yoshlarning yurt taraqqiyoti yo‘lidagi mas’uliyati hamda tinchlikni asrashda har bir fuqaroning o‘rni haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Milliy gvardiya vakillari o‘z hayotiy tajribalaridan misollar keltirib, o‘quvchilarni Vatanga sadoqatli, intizomli va mas’uliyatli bo‘lishga chorladilar. Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va samimiy muloqotda bo‘ldilar.

Ushbu uchrashuv o‘quvchilarda yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash, Vatan oldidagi burchini chuqur his etish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech