Gvardiyachilar va ularning oila a’zolari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ'ib qilish va sog‘lom ovqatlanish mavzusida tadbir tashkil etildi

10.Sen.2025

Tadbirda “Salomatlik” markazi mutaxassislari, xususan oliy toifali dietolog shifokorlar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari haqida so‘zlab berishdi. Bundan tashqari jismoniy faollik va sportning sog‘liq uchun foydalari, ularni kundalik hayotga qanday kiritish kerakligi, stressni kamaytirish usullari, sog‘lom vaznni saqlash usullari, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi kasalliklarning oldini olish bo'yicha o'z tavsiyalarini berishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech