Milliy gvardiya Andijon viloyati bo'yicha boshqarmasida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Andijon viloyati Yoshlar ishlari agentligi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni mutolaaga oshno qilishga xizmat qildi.
Yarmarkada turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va tarixiy kitoblar keng namoyish etildi. Tadbir doirasida yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, kitobxonlikning ma’naviy barkamollikdagi o‘rni, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yo‘llari hamda mutolaaning ong-shuurga ijobiy ta’siri xususida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday ma’rifiy tashabbuslar yosh harbiylar qalbida Vatanga sadoqat, bilimga chanqoqlik va yuksak ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Kitob — nafaqat bilim manbai, balki qalbni poklovchi, tafakkurni boyituvchi eng yaqin do‘stdir.
Bo`lishmoq: