“Gvardiyachilarni psixologik qoʻllab-quvvatlash tizimi: Psixologga murojaat qilish imkoniyatlari” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi

05.Sen.2025

Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkibning ruhiy holatini mustahkamlash, ularni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Milliy gvardiya Markaziy devoni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmalar, harbiy qismlar, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda ZOOM platformasi orqali hududiy boshqarmalar va harbiy qismlardan mutaxassis psixologlar ishtirok etdi.

Tadbir mehmoni sifatida taklif etilgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti, "Psixosfera" amaliy psixologiya markazi direktori, PhD S.Yo’ldashev tomonidan gvardiyachilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimi, psixologga murojaat qilish imkoniyatlari, shuningdek, Piktogramma metodikasi haqida tushunchalar berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar bunday tadbirlar amaliy foyda berishi, gvardiyachilarning ruhiy barqarorligini taʼminlashda muhim oʻrin tutishi haqida oʻz fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, kelgusida bunday psixologik tadbirlar sonini yanada oshirish taklifi ham ilgari surildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech