Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” hamkorligida taniqli yozuvchi Asqad Muxtorning “Chinor” asari bo‘yicha bilimlar sinovi - viktorina o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar asardagi chuqur falsafiy g‘oyalar, milliy qadriyatlar va hayotiy saboqlarni tahlil qilib, o‘z bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in savol-javoblar, samimiy mulohazalar hamda o‘zaro fikr almashuvlar barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.
“Chinor” — bu faqatgina badiiy asar emas, balki insoniylik, vatanparvarlik va ezgulik ramzidir. Tadbir yoshlarni kitobga mehr qo‘yish, fikrlash doirasini kengaytirish va milliy adabiyotimizga chuqurroq nazar tashlashga chorladı.
Bunday uchrashuvlar — yoshlar qalbida bilimga chanqoqlik, milliy g‘urur va Vatanga muhabbatni yanada mustahkamlaydi.
Bo`lishmoq: