Buxoro viloyatidagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

11.Yan.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buxoro viloyatidagi Kuch tuzulmalari yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Oʻyinda jami 72 nafar yosh harbiy xizmatchi va xodimlar 12 ta jamoalarga boʻlinib oʻzaro bellashishdi.
Intellektual oʻyini oʻtkazishdan maqsad yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyatlarini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Natijalarga koʻra:
1-oʻrinni Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi;
2- oʻrinni Viloyat Bojxona boshqarmasi;
3-oʻrinni Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblarga Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech