O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Huquqni muhofaza qiluvchi organ harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tashkil qilingan tibbiy ko‘rikda o‘zlarining sog‘ligi bo‘yicha mutaxassis shifokorlar qabulidan o’tib, qo‘shimcha laboratoriya ko‘riklaridan ham o‘tdilar. Yakunda mutaxassis shifokorlar tomonidan harbiy xizmatchilar oila a’zolarini mavjud sog’ligi bo’yicha murojaatlariga amaliy yordam berish uchun sayyor qabul ham tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ ayol harbiy xizmatchilari ham ushbu tibbiy ko’rikda faol ishtirok etdilar.
Bo`lishmoq: