Davlatimiz Mustaqlligining 34 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriysi S.P.Malseva holidan xabar olindi.
О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qо‘mondonining 2025-yil 10-iyul kunidagi “О‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining о‘ttiz tо‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 222-sonli qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qо‘mondonining 2025-yil 23-iyul kunidagi 52-son farmoyish talablari ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oyasi ostida О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari tomonidan Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriysi S.P.Malseva xonadoniga tashrif buyurildi.
Tadbir davomida harbiy xiamtchilar hamda universitet kursantlari faxriy S.P.Malseva hayoti hamda kechinmalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda tashrif davomida iste’dodli kursantlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar hamda she’rlar bilan faxriy S.P.Malseva ko‘ngli olindi.
Qiziqarli va maroqli tarzda tashkil etilgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oyasi asosidagi xayriya tadbiri mana shunday yuqori taassurotlar va esda qolarli lahzalar bilan o‘z yakuniga yetdi.
Bo`lishmoq: