Harbiy qismda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

23.Avg.2025

Mustaqilligimizning 34 yillik tantanalari arafasida milliy armiyamiz va qurolli kuchlarimiz salohiyati bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida Milliy gvardiyaga tegishli harbiy qismda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan o'tkazilgan tadbirda, O'zbekiston bolalar tashkiloti viloyat bo'limi sardorlari, oliy ta'lim muassasalardagi faol talaba yoshlar hamda kordinatorlar harbiy qismdagi shart-sharoitlar, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashkil etilgan amaliy mashg'ulotlar ham yoshlarda katta taassurot uyg'otdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech