Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning farzandlari hamda oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Ona diyor - ranglar jilosida” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi.
Tanlov nafaqat iste’dodlarni namoyon etdi, balki yoshlarning qalbidagi Vatanga sadoqat, mehr va orzularini ham yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirdi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali Vatanimizning go‘zal manzaralari, istiqlol yutuqlari va kelajakka bo‘lgan ezgu orzularini ranglarda ifoda etdilar.
Tanlov ijodkor yoshlarning iste’dodini namoyon qilishiga, ularni Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Bo`lishmoq: