Shukronalik bu - insonning hayotidagi ne'matlar uchun minnatdorlik tuyg'usini ifoda etishidir. Shu asnoda Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasida gvardiyachilar va ularning oila a`zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati harbiy bo‘lim boshlig‘i, Milliy bank mutaxassislari ishtirok etdi. Shukronalik, oila budjeti, oila muqaddas ekanligi hamda tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan oilalarga kerakli ma’lumotlarni berib o’tdilar. Tadbir davomida gvardiyachilar va ularning oila a’zolariga shukronalikni va oila budjetini to’g’ri taqsimlashni o’zida mujassam etgan video roliklar namoyish etildi va mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi. Shuningdek, harbiy qismda gvardiyachilar oila a’zolari uchun arzonlashtirilgan maktab yarmarkasi tashkil etildi. Bunday yarmarkalar tashkil etishdan asosiy maqsad, gvardiyachilar oila a’zolariga barcha kerakli maktab o’quv qurollarini bir joydan, qulay va arzon narxda olish imkonini yaratishdir. Shu kuni mehnat yarmarkasi va "Ibrat farzandlari" loyihalari bilan tanishuv tadbiri ham bo’lib o’tdi. Ma`lumki, “Ibrat farzandlari” — bu yoshlar uchun yaratilgan, bepul va interaktiv til o‘rgatuvchi ta’lim loyihasidir. Bu loyiha gvardiyachilar farzandlari uchun foydali loyihalardan bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi, ya`ni yoshlar barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar va xorijiy tillarni o’zlashtirish bo’yicha vaucherlarga ega bo’ldilar.
Ishga marhamat Monomarkaz mutaxassislari tomonidan bepul o’quv kurslari bo’yicha yo’nalishlar berildi, kasbga o’qish istagini bildirgan oila a’zolarining o’sha joyning o’zida ro’yxatlari shakllantirilib, amaliy yordam berildi.
Gvardiyachilar oila a’zolari bilan mutaxassis psixologlar tomonidan "Oila psixologiyasi" mavzusida davra suhbati ham bo’lib o’tdi. Bunday treninglardan asosiy maqsad, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratishni ta’minlashdan iborat.
Bo`lishmoq: