"Xotira abadiy - qadr muqaddas" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

25.Avg.2025

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi – bu nafaqat tarixiy joy, balki milliy xotira, vatanparvarlik va jasorat timsoli. Aynan mana shu muqaddas maskanda bugun, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ishchi-xizmatchilari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, Shahidlar xotirasi jamoat fondi raisi, Respublika O’zbekiston tarixchilar jamiyati raisi, Tarix fanlari doktori professor, Turon fanlari akademiyasi akademigi B.Xasanov ishtirokchilarga o‘zbek xalqining ozodlik va erkinlik yo‘lida olib borgan mardona kurashlari, tarixni unutmaslik, mustaqillik yo‘lidagi og‘ir sinovlar, tarix sahifalarida unutilmas iz qoldirgan fidokor insonlar jasorati haqida to‘xtalib, bunday tarixiy haqiqatlar haqida hayajonli fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shuningdek, bugungi avlodning zimmasida muqaddas Vatan oldidagi burchni sidqidildan ado etish, tarixni unutmaslik, jasur ajdodlarimizga munosib bo‘lish, ularga ergashib, yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishdek muhim mas’uliyat borligini qayd etdi. Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, o‘zligini anglash va mustaqillik tuyg‘ulari har birimizning qalbimizda mustahkam joy olishi kerakligi alohida urg‘ulandi.

Bu kabi tashabbuslar harbiylarning ma’naviy dunyosini boyitishda, ularning Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech