Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Shukronalik va vatanparvarlik oiladan boshlanadi, shuningdek oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash va rejalashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

16.Avg.2025

Joriy yilning 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida gvardiyachilar va ularning oila aʼzolari uchun “Shukronalik va vatanparvarlik oiladan boshlanadi, shuningdek oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash va rejalashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Unga Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Guljamol Asqarova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat targʻibotchisi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Oygul Ubaydullayeva, Oʻzbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi yetakchi mutaxassisi psixolog Shoira Isakova va Jamoat xavfsizligi universiteti iqtisodiy fanlar kafedrasi professori, iqtisodiy fanlar doktori Erkin Shodmonovlar ekspertlar sifatida taklif etildi.

Tadbirda 300 nafar gvardiyachilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi. Davra suhbatida juda dolzarb va har birimizga bevosita taalluqli boʻlgan ikkita mavzu boʻyicha soʻz yuritildi. Yaʼni ikki tushunchaning oʻzaro bogʻliqligini, shukronalikni hayotga baraka olib kirishini, oqilona byudjet esa bu barakani mustahkamlashi haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirib berildi.  

Albatta oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash bu yaxshi turmush sharoitini yaratishning asosiy omilidir. Aynan shu jihatlar davra suhbati davomida muhokama markazida boʻldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech