Poytaxtimizning muhtasham “Moviy gumbazlar” saylgohida yurtimiz aholi-yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetining harbiy orkestri, ansambli, qurol bilan ko‘rgazmali saf hamda qo‘l janggi guruhlari ishtirokida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun xalq uchun” shiori mujassamligida “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
Unda poytaxtimizdan 300 dan ortiq aholi va yoshlar ushbu konsert dasturidan bahramand bo‘ldilar. Ushbu konsertda harbiy orkestr jamoasi harbiy vatanparvarlik musiqalari, ansambl jamoasining xalqchil qo‘shiqlari, qurol bilan saf hamda qo‘l janggi jamoalarining jangovar chiqishlari har bir yosh uchun haqiqiy vatanparvarlik timsoli bo‘ldi.
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun xalq uchun” shiori ostida tashkil etilayotgan madaniy konsert dasturlari mana shunday yuqori shukuhda davom etmoqda.
Bo`lishmoq: