Shaxsiy tarkib o‘rtasida sevimli adib Asqad Muxtorning “Chinor” romani yuzasidan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

07.Avg.2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2024-yil 26-dekabrdagi 1-sonli direktivasi talablari ijrosiga asosan Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari o‘rtasida sevimli adib Asqad Muxtorning “Chinor” romani yuzasidan barcha bo‘linmalarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. 

Unda sevimli adib Asqad Muxtorning ushbu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan bo‘lib, unda chinorning azim shoxlaridek har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirib, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish, rivoyatlar esa qadim afsonalarga borib tutashadi. Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma’noda «tagli-zotli». Uning har bir a’zosi xalq hayotida ma’lum bir mas’uliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech