Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mustaqilligimizning 34 yilligi tantanalari oldidan o‘tkazilgan tadbirda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tavsiyalari asosida Mudofaa va Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, viloyat hokimligi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda vatanparvarlik, mardlik va jasorat kabi ezgu fazilatlar ulug‘landi.
Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, o‘zaro mehr va muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani musiqiy dastur orqali yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Taniqli madaniyat namoyondalari, sanʼatkorlar, estrada xonandalari va ijodiy jamoalarning chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bo`lishmoq: