“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy uchrashuv hamda Sharof Rashidov muzeyiga sayohat tashkil etildi

07.Avg.2025

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy uchrashuv hamda Sharof Rashidov muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, Jizzax o‘lkasining tarixi bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, harbiy qism, MIBning faxriylari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy uchrashuv hamda Sharof Rashidov muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Sharof Rashidov, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyida davlat arboblarining hayoti bilan bog‘liq bir qator eksponatlar bilan tanishdilar, Muzey ilmiy xodimi yoshlarga va harbiy xizmatchilarga Sharof Rashidovning hayot yo‘li, Respublikamizda amalga oshirgan bunyodkorlik faoliyati haqida so‘zlab berar ekan, nafaqat davlat va siyosat arbobi ekanligi, balki yuksak iste’dod sohibi va buyuk ijodkor shaxs ekanligini ham ta’kidlab o‘tdi. Harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘tkazilgan tadbirlar davomida katta ma’naviy ozuqaga ega bo‘lishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech