Jamoat xavfsizligi universitetida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

08.Avg.2025

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun xalq uchun” shiori ostida Jamoat xavfsizligi universitetida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Jamoat xavfsizligi universitetida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” tadbirlari doirasida kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimotda kitobning yaratilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, kitobda yoritib berilgan buyuk ajdodlarimizning mashaqqatli va ibratli hayot yo‘llari va biz yoshlarga qoldirgan boy meroslari haqida taqdimotga yig‘ilgan barcha harbiy xizmatchilarga yetarlicha ma’lumotlar berildi. 

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshbandiy, Mir Alisher Navoiy, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning biz yoshlarga qoldirgan boy me’roslari mazkur kitob hamda videolavha orqali dalillar asosida yetkazildi. 

Bir misol tariqasida shuni aytish joizki, Amir Temur bobomiz tomonidan Buxoroda qurdirilgan madrasa eshigiga “Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan xitobnomani yozdirgan Mirzo Ulug‘bek bobomizning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, ayniqsa, o‘rta asrlarda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" yonib yashaganligini ushbu xitobnoma orqali barcha harbiy xizmatchilarga chinakam ibrat bo‘la oladi. 

Taqdimot yakunida harbiy xizmatchilarning kitobxonlik saviyasini oshirish maqsadida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobidan o‘zaro savol-javob o‘tkazilib, yuqori natijaga erishgan harbiy xizmatchilar universitet “Zakovat”intellektual klubi a'zoligiga qabul qilish imtiyozini qo‘lga kiritdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech